ANUSHAXON, Abulmuzaffar Muhammad (7-1686) — Xiva xoni (166486). Shayboniylardan. Abulgʻoziy Baxodirxonning oʻgʻli. Buxoro xoni Abdulazizga qarshi jang (1657) da qahramonlik koʻrsatib, jang taqdirini xivaliklar foydasiga hal qilgan va otasini oʻlimdan saqlab qolgan. Buning uchun otasi Anushaxonga tug, lashkar va Hazorasp sh. ni inʼom etgan va Xivada uning nomiga katta hammom qurdirgan (q. Anushaxon hammomi). A. taxtga oʻtirgach, xonlik chegaralarini mustahkamlash uchun Yangi Kot, Shohobod qalʼalarini qurdirgan. Soʻng, 1686-y. Buxoro xonligiga yurish qilib, Gʻijduvon, Hazora, Samarqand, Qarshi va Shahrisabzni egallagan. Anushaxon davrida Qoraqalpogʻistondagi Sulton Vays bobo va Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbaralari, Oq masjid taʼmirlangan, «Shajarayi turk» asari oxiriga yetkazilgan. A. Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbarasiga dafn etilgan.