APOFEMA

APOFEMA (yun. apotithemi — bir tomonga qoʻyaman) — 1) muntazam koʻpburchak A. si — muntazam koʻpburchak markazidan biror tomoniga tushirilgan perpendikulyar chiziq uzunligi;

2) muntazam piramida A. si — muntazam piramida yon uchburchagining balandligi;

3) muntazam kesik piramida Apofemasi — muntazam kesik piramidaning yon yogʻi boʻlmish trapetsiya balandligining uzunligi.

Prev Article

APOTETSIY

Next Article

APOFERMENT