APPARAT

APPARAT (lot. apparatus — asbob, uskuna) — 1) asbob, moslama, jihozlarning umumiy nomi. Mas, telefon A. (q. Avtomat telefon);

2) muayyan tashkilot yoki muassasa xodimlari majmui; shtat;

3) odam, hayvon yoki oʻsimlikdagi biror umumiy vazifani bajaruvchi aʼzolar majmui, mas, nafas olish Apparati, ovqat hazm qilish A. i.

Prev Article

APPALACHI TOGʻLARI

Next Article

APPARAT FUNKSIYASI