AQCHA — oʻtmishda Turkistonda savdo-sotiq, toʻlov muomalalarida narx, baho, qiymat oʻlchovi boʻlgan pul birligi. Aksariyat hollarda A kumushdan zarb qilingan. Kumushning rangi oq boʻlganligi uchun ham, mazkur pul birligi A deb nomlangan; yaʼni aq (oq) — cha. Ilk marta Aqcha istilohi Bariq daryosi havzasidan topilgan qad. turkiy bitik tosh matnida qayd etilgan.