AQIQ, agat — mineral. Xalsedonning bir turi, katlamli yoki yoʻl-yoʻl boʻladi. Qatlamlarda ranglarning har xil uygʻunlikda kelishiga karab quyidagi xillari farqlanadi: agat oniksi (oq va kora qatlamlar), karneol oniksi (qizil va oq), sardoniks (kizil-qoʻngʻir va oq), agatlar (zangori-kulrang va ok). Kimyoviy formu-lasi SiO2. A. dan har xil marjonlar, taqinchoqlar yasaladi, sanoatda esa hovoncha, hovoncha dastasi, tarozi prizmalari, elektr va suv oʻlchov asboblarining tagligi, koʻnchilik sanoatida dazmollash gʻaltaklari va b. ishlanadi.