AQOR (arab. — koʻchmas mulk, yer-suv, zamin) — Temuriylar zamonida yer-suv, bogʻ, tegirmon, kanal, doʻkon, ustaxona va bozorlar kabi koʻchmas mulklar. Aqor vasiyat bilan vaqfga aylantirilishi mumkik boʻlgan. Zarafshon vodiysidagi Aqor, Oqar, Agʻar kabi joy nomlari Aqor atamasidan kelib chiqqan.