Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ARAFURA DENGIZI

ARAFURA DENGIZIHind okeanining chekka dengizi. Avstraliya, Yangi Gvineya, Tanimbar va Kay o. lari oraligʻida. Mayd. 1017 ming km2. Koʻp qismining chuq. 200 m, shim.-gʻarbda 3680 m gacha. Oqimlar yozda gʻarbdan sharqqa, qishda sharqdan gʻarbga yoʻnalgan. Suvining oʻrtacha t-rasi 25 — 28°. Shoʻrligi 34 — 35%o. Eng katta qoʻltigʻi — Karpentariya.

Prev Article

ARAFOT

Next Article

ARAXNOZLAR