ARAGONIT

ARAGONITkarbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaCOj. Koʻpincha SrCO3 birikmasi aralashgan boʻladi. Qattiqligi, 3,5 — 4. S. ogʻ 2,9 — 3. Rangi oq, kulrang, binafsha rangdan qoragacha. Kristallari ignasimon, agregatlari tarmoqlangan. Xillari: konxit — marvarid (xitin bilan birga) va mollyuskalar chigʻanogʻining sadaf qatlami tarkibining asosiy qismi; noʻxattosh — A. ning sementlashgan oolitlari. Gidrotermal va gipergen yoʻl b-n hosil boʻladi.

Prev Article

ARAGON

Next Article

ARALASH YEM