ARALASH YEM — ilmiy asoslangan retseptlar boʻyicha maydalangan turli ozuqalardan tayyorlangan aralashma. Aralash yem har xil yoshdagi chorva mollari va parrandalar uchun z-d hamda chorvachilik xoʻjaliklarida tayyorlanadi. Yemga aminokislotalar, mikroelementlar, antibiotik va vitaminlarga boy moddalar qoʻshilib, uning umumiy biologik qimmati ancha oshiriladi.
Aralash yemning 3 turi ishlab chiqariladi: toʻla ratsionli Aralash yem (tarkibidaxay-vonlar uchun zarur boʻlgan barcha ozuqa moddalar boʻladi va qoʻshimcha ozuqa qoʻshilmay yediriladi); konsentratli Aralash yem (ratsionda yetarli boʻlmagan asosiy ozuqa moddalar oʻrnini qoplash uchun qoʻshimcha sifatida berila-di); muvozanatlovchi Aralash yem (vitamin-oqsilli, vitamin-oqsilmineralli, shuningdek, mikrobiologiya sanoatida sunʼiy olinadigan va yemlarning toʻyimliligini oshirishda qoʻllaniladigan biologik faol moddalar aralash-malari — boyituvchi aralashmalar). Tula ratsionli Aralash yem hayvonlarning barcha toʻyimli moddalarga boʻlgan talabini qondirishi lozim. Shunday Aralash yem parrandalar, choʻchqalar va yosh buzoqlar uchun tayyorlanib, yagona ozuqa sifatida yediriladi.
Konsentratli Aralash yem xoʻjaliklarda mavjud boʻlgan shirali, dagʻal va don ozuqalariga qoʻshimcha sifatida beriladi. Aralash yem tayyorlash uchun gʻalla va dukkakli ekinlar donlari — makkajoʻxori, oq joʻxori, arpa, suli, bugʻ-doy, javdar, mosh va b. dan foydalaniladi.