ARAVAKASH

ARAVAKASH — 1) osmon gumbazining shim. qismidagi yulduz turkumi; Javzo, Savr, Persey, Jiraf va Silovsin turkumlari orasida joylashgan. Turkumda juda koʻp qoʻshaloq yulduzlar, yulduz toʻdalari va bir qancha ravshan yulduzlar bor. Eng ravshan yulduzi — O — kattalikdagi Kapella. Oʻrta kengliklarda hamma vaqt koʻrinib turadi;

2) arava haydovchi kishi;

3) ara-vaga qoʻshiladigan ulov (mas, aravakash ot).

Prev Article

ARABSHUNOSLIK

Next Article

ARAVAKASH