ARBITRAJ (frans. arbitrage) –
1) hakamlar sudi, bunda tomonlar oʻzlari saylab qoʻyadigan yoki oʻzaro kelishuvga binoan, qonunda belgilangan tartibda tayinlanadigan arbitrlarga (hakamlarga) murojaat qiladi;
2) nizo vositachi sudya (arbitr) tomonidan hal etiladigan hakamlar sudi; xoʻjalik munosabati ishtirokchilari oʻrtasidagi mulkiy va mulk bilan bogʻliq nomulkiy nizolarni hal qilib beradigan organ;
3) davlatlar orasidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal etuvchi xalqaro organ (mas, Hakamlar sudining doimiy palatasi;
4) valyuta A. i — bir valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olib, uni ayni vaqtda valyuta kurslari oʻrtasidagi farqdan foyda olish maqsadida boshqa valyuta bozorida sotish.