ARBOVIRUSLAR

ARBOVIRUSLARqon soʻruvchi hasharotlar (chivin, iskabtopar, kana va b.) orqali tarqaladigan viruslar. Ularda RNK boʻladi. Hozir 300 dan ortiq turi maʼlum. Ular boʻgʻimoyoqlilar organizmida yashab, hasharotlar chaqqanda oʻtadi. Arboviruslarning 100 dan ortiq turi odamlarda har xil yuqumli kasalliklar (mas, gemorragik isitma, sariq isitma va b.) ni qoʻzgʻatadi.

Prev Article

ARBITRAJ