ARCHA KOʻMIR — archa daraxtidan tayyorlangan yoqilgʻi. Bunda archa gʻoʻlalar koʻralarga solib kuydiriladi. U choʻgʻ holiga kelganda koʻra ogʻzi somonli loy bilan suvalib, 10—15 kun shu holda saqlanadi (q. Lista kumir). Archa koʻmirdan asosan hunarmandchilikda temirchilar, miskarlar, zargarlar turli xil asboblar yasashda foydalanadilar.