ARDASHIR ,I Artashir Papakon (taxm. mil. 180 — 239 yoki 241) — Erondagi sosoniylar sulolasi asoschisi va dastlabki shohi. Ardashirning bobosi Soson Fors poytaxti — Istaxr sh. dagi bosh ibodatxonaning kohini boʻlgan. Ardashir Parfiya podshosi Artabon V (209 — 224)ning vassali Darabgird (Forsdagi qalʼa) hokimi saroyida xizmat qilgan. Taxm. 200-y. da ushbu qalʼa hokimi boʻlgan; tez orada butun Fors, Kirmon va Gey (hoz. Isfahon)ni oʻziga tobe etgan hamda zodagonlar va ruhoniylar madadiga tayanib Artabon V ga qarshi chiqqan. 224-y. 28 apr. da Ormizdagon tekisligida parfiyaliklarga qaqshatqich zarba bergan, Parfiya podsholigi shundan soʻngtugatilgan. 226/227-y. shahanshoh unvoni bilan toj kiygan. Ardashirning Mesopotamiya va Armanistonga egalik qilish uchun Rim bilan Sharkda olib borgan urushlari natijasida Sosoniylar davlati hududi ancha kengaygan.
Ad. Pigulevskaya N. V. Yakubovskiy A. Yu. Petrushevskiy I. P. Stroyeva L. V. Beleniskiy Ardashir, Istoriya Irana s drevneyshix vremen do konsa XVIII veka, L., 1958.