AREOMETR

AREOMETR (yun. araios — ingichka, bu yerda suyuq va metron — oʻlchov) — suyuqlik va qattiq jismlarning zichligini oʻlchaydigan asbob. A. tuzilishi Arximed qonunita asoslangan. Bunda Areometr siqib chiqargan suyuqlik ogʻirligi uning ogʻirligiga teng. Areometr doimiy ogʻirlikli va doimiy hajmli boʻladi. Doimiy ogʻirlikli Areometr (1-rasm) bilan oʻlchashda zichlik A. ning suyuklikka botish darajasiga qarab aniqlanadi. Bu xildagi Areometrga densimetrlar (shkalasi zichlik birliklarida darajalangan), eritmalarning konsentratsiyasini (quyuq-suyuqligini) oʻlchash uchun ishlatiladigan spirtometrlar va saxarometrlar (shkalasi ogʻirlik yoki hajmiy foizlarda darajalangan) kiradi. Densimetrlar shisha yoki metalldan yasaladi. Yuqori t-ralarda metall densimetrlar ishlatiladi. Odatda Areometr maʼlum (asbobda koʻrsatilgan) t-rada darajalangan boʻlib, bosh-qa t-ralarda oʻlchangan qiymatlarga tegishli tuzatmalar kiritiladi. Doimiy hajmli Areometr (2-rasm) b-n zichlikni oʻlchashda asbob suyuklikka halqasimon tamgʻasigacha botiriladi. Shunda suyuqlik zichligi palladan olingan yoki unga qoʻyilgan toshlar qiymati b-n aniqlanadi. Qattiq jismlarning zichligini oʻlchashda doimiy hajmli Areometr korpusining pastki qismiga qoʻshimcha palla biriktiriladi (A.-tarozi).

Prev Article

AREOGRAFIYA

Next Article

AREOPAG