ARGISHTIXINILI

ARGISHTIXINILIUrartu podshosi Argishti I davrida (mil. av. 776-y.) qurilgan shahar-qalʼa. Topilgan urart mixxat yozuvlaridan maʼlum boʻlishicha, Ararat vodiysini zabt etgan urartlar qalʼa, saroy va ibodatxonalar bunyod etib, atrofini bogʻ-rogʻ, tokzorlarga aylantirganlar. Mil. av. 4-a. da Argishtixinili oʻrnida qad. Armaniston poytaxti — Armavir sh. qurilgan.

Prev Article

ARGILLITLAR

Next Article

ARGON