Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ARGʻUVON

ARGʻUVON (Cercis) — burchoqsoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi. Yevropa va Osiyoda S. siliquastrum turi tarqalgan. Bu tur yovvoyi holda Oʻrta dengiz atrofida ham uchraydi. Oʻrta Osiyo, Krim va Kavkazda xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi. Argʻuvonning yovvoyi turi (S. griffi thii) Afgʻonistonda hamda Oʻrta Osiyoning Pomir-Oloy va Gʻarbiy Tyanshan togʻlarida uchraydi. Oʻzbekistonda Qurama va Ugam togʻlarida oʻsadi. Yogʻochi yumshoq va oq boʻlganligi uchun duradgorlikda bagʻdodi uslubida oʻyiladigan naqqoshlikda keng qoʻllaniladi.

Prev Article

ARGʻIN

Next Article

ARGʻUMOQ