Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ARIBOFLAVINOZ

ARIBOFLAVINOZ — ovqat tarkibida riboflavin (vitamin V2) boʻlmasligi yoki yetishmasligi, shuningdek organizmda shu vitamin hazmi yoki oʻzlashtirilishi buzilishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Asosan lab shilliq pardasi va yuz terisi zararlanadi: ogʻiz burchaklari qizarib, yorilib (bichilib) yaralanadi; angulyar stomatit, xeylit, glossit, keyinchalik terida seboreyali yoki bullyoz dermatitlar, konyunktivit, gipoxrom anemiya, nerv sistemasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Orqa chiqaruv yoʻli va jinsiy aʼzolar sohasida yoriqlar paydo boʻladi.

Prev Article

ARIAKLAR

Next Article

ARID IQLIM