Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ARIQ

ARIQ (ayiriq soʻzidan) — sugʻorish shoxobchalarining Turkistonda ishlatiladigan mahalliy nomi. Qadimdan har bir Ariq sugʻoriladigan voha, kesib oʻtadigan maydon, shahar, qishloqlar yoki uni ochgan kishi nomi bilan atalgan. Katta Ariq anhor deyiladi. Eski kanallarning baʼzilari hozir ham Ariq deb nomlanadi. Mas, Toshkentda Zaxariq, Kaykovus arigʻi, Xorazmda Yangiariq.

Prev Article

ARIYA

Next Article

ARIQ OQSOQSHI