ARITMIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va rythmos — ritm) — yurak qisqarishlari maromi (normal ritmi) ning buzilishi; chuqur nafas olganda yurak qisqarishining tezlashishi, nafas chikarganda kamayishi (nafasga aloqador Aritmiya), koʻproq bolalar va usmirlarda kuzatiladi; yurakning navbatdan tashqari oldinroq qisqarib qolishi (ekstrasistolik Aritmiya), maromli faoliyatining izdan chiqishi (hilpillovchi Aritmiya) va b. A. ga yurak muskullarining kasalliklari, nevrozlar, spirtli ichimliklar va nikotindan zaharlanish sabab buladi (q. Yurak).