ARK

ARKOʻrta Osiyo koʻhna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qalʼaband oʻrda. Yozma tarixiy manbalarda koʻhandiz, diz, koh, qasr, qalʼa, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland doʻnglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan oʻralgan, bir yoki ikki darvozasi boʻlgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va b. binolar boʻlgan. Buxoro arki, Qoʻqon oʻrdasi, Koʻhna ark tashqi qalʼaband devorlari, ichkaridagi serhasham saroy binolari saqlanib qolgan. Samarqanddagi Amir Temur bunyod etgan Arki Oliy va Chaqartosh qoʻrgʻon binolarining qoddiklari, tashqi qalʼa devorlari 19-a. da mustamlaka maʼmuriyati tomonidan atayin bu-zib tashlangan.

Prev Article

ARYANA VEJA

Next Article

ARKANZAS