ARMAN YOZUVI

ARMAN YOZUVI — arman yepiskopi Mesrop Mashtos tomonidan 405 — 406-y. larda yunon va oromiy yozuvlar asosida yaratilgan. Unga 12-a. da 2 ta yangi harf kiritildi. Hoz. Arman yozuvida 39 harf bor. A. yo. tarixan takomillashib, yumaloq shakl ola bordi va tez yozish uchun moslashdi. Chapdan oʻngga tomon oʻqiladi.

Prev Article

ARLOT

Next Article

ARMANISTON