ARMILLYAR SFERA (lot. armilia – halqa) — qad. astronomik asbob; yoritqichlarning koordinatlarini aniqlashda qadim zamonlardan qoʻllanib kelgan. Gradus va minutlarga boʻlingan bir necha halqalardan iborat. Halqalarning tekisliklari osmon sferasining asosiy tekisliklariga parallel joylashtirilgan. Armillyar sferaga yoritqichlarni ku-zatish uchun dioptrlar ham oʻrnatilgan. 16-a. gacha qoʻllanilgan.