ARPAJEVAK

ARPAJEVAK — xotin-qizlar boʻyniga taqadigan ziynat buyumi, jevakning bir turi. Arpa shaklida ishlangan yupqa kumush yoki yuziga tilla suvi yuritilgan kumush donachalaridan iborat boʻlib, qora ipak ipga bir dona marjon, bir dona «arpa» ketma-ket oʻtkazilib tayyorlanadi.

Prev Article

ARPABODIYON

Next Article

ARPEJIO