ARSIYAN TIZMASI — Gruziyaning jan. qismi va Turkiyadagi togʻ tizmasi. Gʻarbda Kichik Kavkaz togʻlari bilan tutashib ketadi. Eng baland nuqtasi 3165 m (Arsiyan choʻqqisi). Umumiy uz. 150 km chamasida. Asosan gilli slanes hamda qumtoshlardan va vulkan jinslari (lava, tuf) dan tarkib topgan. Togʻ yon bagʻirlarining pastrogʻi qoraqayin, kashtan, yuqorirogʻi qoraqayin va oqqaragʻay, qoraqaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan, undan ham balandda alp oʻtloqlari bor.