ARTOBOLEVSKIY Ivan Ivanovich

ARTOBOLEVSKIY Ivan Ivanovich (1905.9.10 – Moskva – 1977.21.9.) – mexanika sohasidagi olim, akad. (1946), texnika fanlari d-ri (1936), prof. (1929), Mashina va mexanizmlar nazariyasi asoschilaridan biri. Moskva oliy ukuv yurtlarida, MDUda ishlagan (1927-y. dan).

Artobolevskiy mexanizmlar tasnifini rivojlantirib, tekis va fazoviy mexanizmlarning umumiy tasnifini, tekis mexanizmlar kinematikasi va kinetostatistikasini, fazoviy sferik mexanizmlarning tuzilishi va kinematikasi masalalarini, mexanizmlar sintezi, dinamikasi kabi masalalarning hal etilishi yoʻllarini ishlab chiqdi.

Next Article

ARTON