ARXARSHAIR

ARXARSHAIR (Schrenkia golickeana) — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 10 — 55 sm. Ildizi bir boshchali, silindrsimon. Barglari murakkab patsimon. Guli oq. Soyabon guli 15 — 20 soyabonchadan iborat. Undagi gullari 15 — 20 ta. Arxarshair apr. — mayda gullaydi, mevasi dumaloq, diametri 4 mm, may — iyunda yetiladi. Arxarshair faqat Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Toshkent va Samarqand viloyatlarining adir va togʻlarida turli ekologik sharoitda oʻsadi. Arxarshairning quritib yanchilgan ildizi xalq tabobatida yaralarni davolashda qoʻllaniladi.

Prev Article

ARXAR SVITASI

Next Article

ARXAROʻT