ASALDARAKCHILAR (Indicatoridae) — qizilishtonlar turkumi oilasi. 11 tacha turi bor. Afrika va Jan.-Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Asaldarakchilar chumchukdan kattaroq boʻlib, oʻrmonlarda yashaydi. Koʻp turlari hasharotlar va baʼzi turlari asalari lichinkalari, gʻumbaklari va mumi b-n oziqlanadi. Terisi qalin boʻlgani uchun asalarining chaqishi ularga taʼsir etmaydi. Asaldarakchilar tuxumini boshqa kushlar iniga qoʻyadi. Joʻjalari yuqori va pastki jagʻlaridagi tishga oʻxshash oʻsimtasi yordamida in egasining joʻjalarini oʻldiradi. Asaldarakchilarning oʻzi asalari uyasiga yetolmaydi, ular ari uyasi yaqinida chirillab, oʻrmonda yurgan odam yoki asalxoʻr hayvonʻeʼtiborini tortadi. Asaldarakchilar odam yoki hayvon buzgan uyadagi asal qoldiqlari va mum bilan oziqlanadi.