ASALXOʻR (Mellivora capinsis) — suv-sarlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uz. 68 — 75 sm, dumi 17 — 20 sm. Oyoqlari kalta, panjalari keng boʻlib, kuchli tirnoqlari yerni kovlash uchun moslashgan. Junlari siyrak va qattiq. Tanasining pastki tomoni qora-oq, ustki tomoni oqish. Afrika, Old, Oʻrta va Jan. Osiyo (Hindiston)da tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Turkmaniston jan. da uchraydi. Uyada hayot kechiradi, 3 — 4 ta bola tugʻadi. Mayda umurtqalilar va hasharotlar, jumladan arilar va asal bilan oziqlanadi. Juda noyob, kam oʻrganilgan, muhofaza qilinadi.