Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ASBOPOʻLAT LISTLAR

ASBOPOʻLAT LISTLAR — ikkita maxsus asbestlatek qogʻozi orasiga perforatsiyalangan (teshik-teshik) karkas qoʻyib hosil qilingan mahsulot. Listning har ikki tomoniga grafit qoplangan. Avtotraktor dvigatellarining detallarini yigʻishda zichlovchi qistirma sifatida ishlatiladi. Asbopoʻlat listlar qalinligi 1,75 mm gacha qilib ishlab chiqariladi.

Prev Article

ASBOPLASTIKLAR

Next Article

ASVON