ASHRAFIY

ASHRAFIY — 1) 14-a. da Eronda zarb etilgan oltin pul. Uni zarb qildirgan Chuponiy Malik Ashraf (1344—56) shaʼniga shunday atalgan. Vazni bir misqoldan ortiq boʻlgan. 17-a. da 4-donakka, yaʼni 3,2 g ga teng bulgan. Arablarda dinor yoki qirsh, Balx va Movarounnahrda tanga deb atalgan;

2) 18 — 19-a. larda Buxoroda zarb etilgan oltin pul. Buxoro xonligining 18—19a. lardagi agrar munosabatlariga oid tarixiy hujjat (Mirza Badeʼ devonning «Majma al-arqom» asari)da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Ashrafiy 93% sof oltindan bir misqol ogʻirlikda zarb etilgan. Bir Ashrafiyning qiymati 19 ta kumush tangaga teng bulgan.

Prev Article

ASHOKA

Next Article

ASHRAFIY UY-MUZEYI