ASKAR

ASKAR — 1) davlat va mamlakat muhofazasi yoki harbiy yurishlarda ishtirok etuvchi harbiy xizmatchi, qurolli jangchi;

2) davlatning qurolli kuchlari majmui yoki uning bir qismi; qoʻshin. Arab tilining kuchli taʼsiriga qaramay Askar istilohi Oʻrta Osiyo turkiy tillarida, xususan, oʻzbek adabiy tilida asosan 15-a. dan cherik, sipoh, lashkar istilohlari qatori «qoʻshin, lashkar» maʼnosida keng qoʻllanishda boʻlgan. Oʻtgan asr oxirlaridan Askar koʻproq «jangchi, harbiy xizmatchi» maʼnosini ifodalash uchun ishlatiladi.

Prev Article

ASKANIYA QOʻY ZOTI

Next Article

ASKARGOH