ASPARAGIN, H2NOCCH2CH(NH2) SOON — oʻsimlik organizmida azotli birikmalarning almashinishidan hosil boʻladigan Asparagin kislota amidi. Mol. m. 132,12; rangsiz kristallar. Suvda, kislotalarda yaxshi eriydi, organik kislotalarda erimaydi. Asparagin — alifatik a – aminokislota. Koʻp oqsillarning tarkibiga kiradi. Sarsabil (Asparagus) poyalarida topilgan. Oʻsimlik va hayvon toʻqimalarida erkin holda uchraydi. Dukkakli oʻsimliklarning maysalarida ham toʻplanadi. Asparagin oʻsimliklar hayotida muhim rol oʻynaydi. U oqsil hosil bulishi jarayonida vujudga kelgan ammiakni zararsizlantiruvchi va Oʻsimliklarni azot bilan taʼminlovchi birikma hisoblanadi.