ASQAROV

ASQAROV Akram (?-Toshkent — 1891.15.10) — birinchi oʻzbek havaskor arxeologi. Akrampolvon nomi bilan mashhur. Savdogar oilasidan. Asqarov oʻz davrining mashhur kolleksioneri sifatida turlituman arxeologik buyumlar va qad. tangalarni toʻplagan. Uning birgina numizmatika kolleksiyasi 15 mingdan ortiqroq (17 oltin, 1498 kumush va 13537 mis) qad. pullardan iborat boʻlgan. Shulardan 504 tasi Sankt-Peterburg Ermitajida saqlanmoqda. 1890-y. Toshkentda ochilgan q. x. va sanoat mollari koʻrgazmasida Asqarov oʻzining arxeologik va numizmatik kolleksiyalari bilan ishtirok qildi. Asqarov rus olimlarining Oʻrta Osiyo boʻylab olib borgan ilmiy kuzatishlarida, jumladan, 1884-y. da rus tarixchisi N. I. Veselovskiyning Surxondaryo, Fargʻona va Zarafshon vodiylari hamda Buxoroda oʻtkazgan ilmiy safarida hamrohlik qildi. Rossiyaning arxeologiya jamiyati Asqarovning arxeologiya sohasida qilgan xizmatlarini taqdirlab, uni 1887-y. da kumush medal b-n mukofotlagan.

Ad. . Lunin B. V., O numizmaticheskoy kolleksii uzbekskogo sobiratelya drevnostey A. Askarova, Istoriya materialnoy kulturы Uzbekistana, vыp. 6, T., 1964.

Prev Article

ASQAR PICHOQSOZ