Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ASQAROVA

ASQAROVA Salima (1922.29.5 – Toshkent — 1997.16.4) — mikrobiolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), biol. fanlari d-ri (1971), prof. (1973). Tolali oʻsimliklar tajriba st-yasi (1956 — 58), Oʻzbekiston FA Botanika in-ti (1960 — 63) di-rektori, Toshkent viloyati pedagogika in-ti rektori (1971 — 83), shu in-tda biol. kafedrasi mudiri (1983 — 86), Oʻzbekiston FA Mikrobiologiya in-tida ilmiy konsultant (1988-y. dan).

Ilmiy ishlari aktinomitsetlarning hayot faoliyatiga, ularning Oʻzbekistonning asosiy tuproqlarida ekologik-geografik tarqalish qonuniyatlarini va aktinomitsetlarantagonistlar tarqalishining amaliy muhim xususiyatlarini aniqlashga hamda ularning gʻoʻza kasalliklari (vilt, gommoz, ildiz chirishi va b.)ning qoʻzgʻatuvchilari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganishga bagʻishlangan. Shuhrat medali b-n mukofotlangan (1995).

Prev Article

ASQAROVA

Next Article

ASʼHOB