ASSA

ASSA (yuqori oqimida — Ters) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyatidagi daryo. Uz. 253 km, havzasining mayd. 9210 km2. Qoratov tizmasidan boshlanib, Talas daryosidan gʻarbroqda Moʻyinqumga singib ketadi. Qor, muzlik, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi togʻdan chiqaverishda 12 m/sek. Suvi sugʻorishga sarflanadi.

Prev Article

ASROROV

Next Article

ASSALOMU ALAYKUM