ASSOTSIATSIYA

ASSOTSIATSIYA (biol. da) — tuzilishi va turlar tarkibi bir xil, turlarining tashqi muhit va bir-biri bilan munosabatlari oʻxshash boʻlgan fitotsenozlar majmui. A, — oʻsimliklar tasnifining asosiy birligidir. U muayyan muhit sharoiti — iqlim, tuproq va hayvonlar tarkibi bilan bogʻliq. Bitta Assotsiatsiyaga mansub oʻsimliklarning rivojlanish muddatlari va yashash sharoiti oʻxshash boʻladi. Har bir Assotsiatsiya boshqasidan oʻsimliklar qoplamining muayyan mahsuddorligi b-n farq qiladi. Tashki muhit sharoiti va flora tarkibi oʻzgarishi bilan Assotsiatsiya ham oʻzgaradi. Mac, Yevropaning hoz. keng bargli oʻrmonlari uchlamchi davrdagi nina bargli oʻrmonlar oʻrniga paydo boʻlgan. Oʻz navbatida bu oʻrmonlar oʻrnida kelajakda boshqa oʻsimliklar Assotsiatsiyasi vujudga kelishi mumkin. Har bir Assotsiatsiya oʻz arealiga ega. Relyef, gidrolik rejim va tuproq sharoitining oʻzgarishi, antropogen omillarning bevosita (yerlarning uzlashtirilishi, gidrotexnik inshootlar qurilishi) yoki bilvosita (mol boqilishi) taʼsirida Assotsiatsiya tubdan oʻzgarishi mumkin. Turli Assotsiatsiyaning nomi ular tarkibida eng koʻp uchraydigan bitta yoki bir nechta oʻsimlik orqali ifodalanadi (mas, choʻl sharoitida qoʻngʻirbosh-shuvoq yoki saksovul A. si; toʻqaylarda qamish-qiyoq, qizilmiyaajriq yoki turangʻil-terak Assotsiatsiya si; togʻlarda yongʻoq-togʻolcha, doʻlana-olma yoki archa A. si). Assotsiatsiyani baholashda dominant oʻsimlikning xususiyatlari hisobga olinadi. Assotsiatsiya tushunchasi oʻsimliklar krplamini xaritaga tushirish, ular uchun mos boʻlgan hududlarni toʻgʻri r-nlashtirish va tabiiy resurelardan oqilona foydalanish kabi muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega.

Prev Article

ASSOTSIATSIYA

Next Article

ASSOTSIATSIYA