Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ASSOTSIATSIYA

ASSOTSIATSIYA (kimyoda) — molekulalar yoki ionlarning molekulalararo elektr tabiatli harakat kuchi taʼsirida guruhlarga birlashishi. Agar suyuqlik molekulalari oʻzaro ikki va undan ortiq holda birlashib, yirik zarrachalar shaklida boʻlsa, bunday suyukliklar Assotsiatsiya langan suyukliklar deb ataladi (mas, suv, spirt, organik kislotalar). Molekulalar tarkibida elektr manfiy atomlar (Fgʻ O2», N3) bilan boglangan vodorod boʻlsa, Assotsiatsiya vodorod bogʻi hisobiga roʻy beradi (mas, suv, spirtlar, karbon kislotalar, amidlarda). Elektrolit eritmalarida esa Assotsiatsiya ionlararo kulon kuchlari taʼsiri hisobiga sodir boʻladi.

Prev Article

ASSOTSIATSIYA

Next Article

ASSOSHIEYTED PRESS