Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

ASTROKOMPARATOR

ASTROKOMPARATOR (ostro… va lot. sotrago — taqqoslayman) — kosmik jismlarning ikki fotosuratini yoki spektrogrammasini oʻzaro solishtiradigan oʻlchash asbobi. Astrokomparator ikki xil boʻladi: blink komparator va stereo komparator. Astrokomparator xususiy harakatlari katta yoki Quyosh tizimiga yaqin yulduzlarni topishda, asteroidlar va oʻzgaruvchan yulduzlarni qidirishda keng qoʻllaniladi.

Prev Article

ASTROKOLORIMETRIYA

Next Article

ASTROLOGIYA