ASTRONOMIYA

ASTRONOMIYA (ostro… va yun. nomos — qonun) — Koinot jismlari va ularning sistemalari paydo boʻlishini taraqkiyoti va tuzilishini, koʻrinma va haqiqiy harakatlarini, kimyoviy tarkibi va fizik holatini, Koinotning bir butun umumiy qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. A. yulduzlar, sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini, sayyoralararo va yulduzlararo mayda jismlar (asteroidlar, kometalar, meteor jismlar va h. k.)ni, gaz va chang tumanliklarini, ulardagi fizikaviy muhitni sunʼiy kosmik jismlarni (vaziyatlari, harakatlari, orbitalarini) oʻrganadi, shuningdek osmon jismlarini kuzatish natijalarini insonning moddiy hayotiy talablariga qoʻllash usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, vaqtni aniqlash, joyning koordinatalarini topish, sayyoralarning harakatini, sunʼiy yoʻldoshlarni kuzatish asosida tekshirish va uning asosida zilzilalar qonuniyatlarini oʻrganish, kosmik apparatlarni Koinot jismlariga nisbatan oriyentirlash va b. qator ishlar shular jumlasiga kiradi.

Astronomiya hozir tadkiq sohasi va usuliga koʻra 7 boʻlimta ajratiladi: astrometriya, astrofizika, radioastronomiya, osmon mexanikasi, yulduzlar astronomiyasi, kosmogoniya va kosmologiya. Bularning har biri oʻz navbatida bir qancha sohalarni oʻz ichiga oladi.

Astronomiya tarixining katta qismi kuzatish maʼlumotlarini toʻplash bilan band boʻlgan. Mil. av. 6-a. ga kelib, misrliklar va bobilliklar tajribaga asoslanib Quyosh va Oy tutilishlarini, ularning davriy takrorlanib turishini oldindan aytib bera olganlar. Pifagor asarlarida Yerning sharsimonligi haqida yozilgan, oʻning maktabi esa Yer va barcha yoritqichlar markaziy olov atrofida aylanadi, degan dastlabki kosmologiyalardan birini yaratdi. Aristotel olam markazida Yer boʻlgan sis-temadir, degan gʻoyani ilgari surdi. Mil. av. 3-a. dan boshlab yunon fanining markazi Iskandariyaga koʻchdi. Eratosfen gradus oʻlchash deb nom olgan usul bilan Yerning oʻlchamlarini aniqladi. Gipparx 1028 ta yulduzning osmon sferasidagi vaziyatlarini oʻz ichiga olgan va bizgacha yetib kelgan dastlabki yulduz jadvallaridan birini yaratdi. U yilning davomiyligini katta aniqlik bilan oʻlchadi, Oygacha boʻlgan masofani ikki foizdan kam xato bilan aniqladi, fanga geografik koordinatalar — kenglama va uzunlama tushunchalarini kiritdi. Gipparx taʼlimotini Ptolemeyning «Almagest» asaridan bilamiz. Ptolemey fanga olam tuzilishining geotsentrik sistemasi nomi bilan kirgan sistemani yaratdi. Unda Quyosh, Oy va sayyoralarning koʻrinma harakati aylanalar boʻylab tekis harakatdan iborat, harakatsiz Yer esa olamning markaziga joylashgan, deb tushuntirilar edi. Bu sistema olamning haqiqiy tuzilishini aks ettirmasa ham oʻz davri uchun ilgʻor boʻlgan. Bu sistema yoritqichlarning osmondagi vaziyatlarini (oʻsha davrdagi kuzatish anikligida) oldindan aytib berish imkonini be-rar edi. Shu sababli, u fanda bir yarim ming yilcha yashadi. Arximedning aytishicha, olamning markazi Quyosh, uning atrofida Yer va sayyoralar aylanadi. Bu faqat 16-a. dagina ishlab chiqilgan geliotsentrik sistemani oldindan aytib berish edi.

Astronomiya bilan Turkistonda mil. av. ham faol shugʻullanganlar. Ularning izlari moʻgʻul va arab istilolari sababli de-yarli yoʻq boʻlib ketgan. Hozirgacha saqlanib qolganlari ichida Xorazmdagi Qoʻy qirilgan kalʼa misol boʻlib, uni yetarli darajada astronomik asbob desa boʻladi. Qalʼa inshootlari yordamida vaqtni aniqlash, fasllarning kirib kelish paytini qayd etish, ekvator va ekliptika tekisliklari orasidagi burchakni oʻlchash, yil davomiyligini aniqlash va b. hayot taqozo etgan amaliy masalalar hal etilgan. 8—9-a. larda Muhammad Xorazmiy, Axmad al-Fargʻoniy, Abbos Javhariy, Ahmad Marvaziy va b. olimlar Astronomiya bilan jiddiy shugʻullandilar. Arab xalifaligi davrida va undan keyin Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Oʻrta Osiyo olimlari Astronomiyaning rivojlanishida ham katta rol oʻynadilar. Qohira, Damashq, Bagʻdodda rasadxonalar paydo boʻlib, ularda Ibn Yunus, Al-Batoniy, Abu Vafo va b. ishlagan. Abul Vafo faqat Sharqdagina emas, hatto Gʻarbda ham shuhrat qozongan mashhur astronomik asarning muallifidir. 10-a. da Al-Soʻfi birinchi boʻlib Andromeda tumanligita eʼtibor berib, uning yulduzlardan farq etishini tavsiflab bergan. Abu Rayhon Be-runiy Astronomiyaning hamma masalalarini oʻz ichiga olgan 40 ga yaqin astronomik risola yozgan. Uning qisqartirib xronologiya deb ataluvchi «al-Osar al-boqiya anil-qurun al-xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») nomli asarida yunon, rumlik, yahudiy, arab, sugʻdiy va b. turli xalqlarning yil hisobi usullari batafsil qiyosiy bayon qilingan. Beruniy bir qancha davrlarni oʻzaro solishtirib tavsif qilgan va bir davrdan ikkinchisiga oʻtishning amaliy yoʻllarini koʻrsatib bergan. Fanda «Hindiston», «Geodeziya» nomi bilan mashhur boʻlgan asarlarida Beruniy Astronomiyaning bir qancha masalalariga yaqindan yondashib, geografik koordinatalarni, Yerning oʻlchamlarini va vaqtni aniqlash usullarini keng bayon etdi. Beruniy Astronomiyaning amaliy masalalarini hal qilish jarayonida bir qancha yangi astronomik asboblarni, jumladan oʻz astrolyabiyasink ixtiro qilgan. Yoritqichlarning koʻrinma harakatlarini oʻrganishda Beruniy geotsentrik va geliotsentrik sistemalar bir xil kuchga ega, degan gʻoyat muhim fikrni oʻrtaga tashlagan. Astronomiyada Beruniyning izdoshi Umar Xayyom edi. U koinotning cheksizligiga oid juda koʻp yangi gʻoyalarni ilgari surgan. Umar Xayyom hozir qoʻllanilayotgan Grigoriy taqvimidan ham aniq boʻlgan Quyosh taqvimini ishlab chiqqan. Ibn Sino ham Astronomiyaga oid asarlar yozgan. 12—14-a. larda turkistonlik olimlar — Mahmud Chagʻminiy, Muhammad Najib Bakron, Abu Sulaymon Banoqatiy va b. olimlar Astronomiya sohalarida ijod etganlar. 14-a. da Marogʻa sh. da oʻsha zamonning eng yaxshi astronomik asboblari bilan jihozlangan rasadxonada Ozarbayjonning mashhur olimi Nasriddin Tusiy ishlagan. Marogʻa rasadxonasida ijod qilingan qator asarlar, jumladan «Ziji Elxoniy» Yevropada va Sharkda keng tarqalgan. Oʻz davrining deyarli barcha masalalari bayoni bilan berilgan Astronomiyaga oid keng astronomik jadvallar sharqda «zij» deb atalgan. Astronomiyaning 15-a. dagi taraqqiyoti Samarqand yaqiniga oʻsha zamondagi eng mukammal asboblar bilan jihozlangan ulkan rasadxona qurgan Ulugʻbek nomi bilan bogʻliq. Rasadxonaning asosiy va eng katta asbobi radiusi 40,2 m li Faxriy sekstanti edi. Samarqand astronomlari Ulugʻbek rahbarligida yozgan «Ziji Koʻragoniy» yoki «Ulugʻbek ziji» deb ataluvchi asosiy asar, ayniqsa, undagi 1018 yulduz vaziyati keltirilgan jadval dunyoga mashhur. «Ulugʻbek ziji» asosan Samarqand rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar zaminida tuzilgan va Gipparx jadvalidan keyin yulduzlarning vaziyati ancha anik belgilangan ikkinchi original toʻla jadvaldir. Ulugʻbekning koʻzga koʻringan safdoshlaridan Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy Yevropa olimlarining bir qancha kashfiyotlarini ulardan ancha ilgari koʻra bilgan. Yevropa fanini Samarqand olimlarining asarlari bilan tanishtirishda Koshiyning xizmatlari juda katta. Samarqand rasadxonasida ijod qilgan ast-ronomlar qatorida Ulugʻbekning ustozi, Sharkda «oʻz davrining Aflotuni» nomi bilan mashhur boʻlgan Salohiddin Muso ibn Muhammad Qozizoda Rumiy, shuningdek «oʻz davrining Ptolemeyi» nomini olgan Ali Kushchining xizmatlari katta. Samarqand olimlarining asarlari Yevropada 1648-y. dan boshlab chop qilinib kelmoqda. Oʻsha davrda xristian dini mafkurasi xukmronlik qilgan Yevropada Astronomiya taraqqiyoti toʻxtab kolgan edi. 16-a. da Astronomiya va butun tabiatshunoslik fanlari taraqqiyotida in-Kilobiy kashfiyotlar qilindi. Ulardan biri mashhur polyak olimi Nikolay Kopernik nomi bilan bogʻliq. 1543-y. da uning «Osmon sferasining aylanishlari haqida» asari nashr qilindi. Kopernik bu asarida Quyosh sistemasi tuzilishi haqida toʻgʻri tasavvur berdi. Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish konunlarini kashf qilgan I. Kepler nomi b-n bogʻliq. Kepler konunlari Tixo Bragening sayyoralarni, avvalo, Marsni koʻp yillar davomida kuzatishlariga asoslangan. Bu davrda astronomik asboblar birmuncha takomillashdi. Yulduzlar vaziyatini optik asboblarsiz oʻlchashda 17a. ikkinchi yarmida polyak olimi Yan Geveliy eng katta aniqlikka erishdi. 17-a. da Astronomiyada optik asboblar qoʻllana boshlandi. Bungacha boʻlgan davr osmon geometriyasi va kinematikasini oʻrganish bilan xarakterlanadi. 1609—10 y. larda italyan olimi Galileo Galiley astronomik kuzatishlarda oʻzi yasagan teleskopii qoʻlladi. Galileyning kashfiyotlari Kopernik sistemasini ilmiy dalillar bilan quvvatlab, uning yanada ommalashuviga yordam berdi va Astronomiyada kosmik jismlar fizikasini oʻrganuvchi yangi boʻlimning manbai boʻlib qoldi. Galiley Oy sirtini va Venera fazalarini kuzatib, sayyora va ularning yoʻldoshlari tabiati Yerga oʻxshash degan xulosaga keldi. Teleskopik Astronomiyaning taraqqiyoti bilan bir qatorda nazariy Astronomiya ham tez rivojlandi. Bunga I. Kepler va I. Nyutonasos solgan. Nyuton butun olam tortishish qonunini ochib, osmon jismlarining turli-tuman harakatlarini tushuntirishda uning universalligini koʻrsatib berdi. Nyutonning osmon mexanikasiga doir konunlari osmon jismlarining massalarini aniqlash va ularning harakatiga oʻzaro taʼsirini hisobga olish imkonini berdi. Shundan boshlab nazariy Astronomiya va osmon mexanikasining taraqqiyoti jadal ketmoqda. Hisoblarga karab Neptunning ochilishi Nyuton konuni yordamida qilingan kator buyuk kashfiyotlarga yorkin misoldir. Astronomiyaning keyingi taraqqiyoti amaliy masalalarni hal qilishga moʻljallangan davlat rasadxonalarining tashkil topishi bilan bogʻliq. Fransiyada (1665-y., Parij), Angliyada (1676 i., Grinvich) va Rossiyada (1692-y.) birinchi rasadxonalar kurildi. Rasadxonalar zamonaviy teleskoplar bilan taʼminlangan boʻlib, ularda geografik koordinatalarni aniqlashdan tashqari, barcha astronomik hodisalar kuzatilgan. 17 — 18-a. larda Astronomiyada tabiatshunoslik taraqqiyotiga kuchli taʼsir qilgan bir kancha kashfiyotlar qilindi. 1675-y. da O. K. Ryomer yorugʻlikning tarkalish tezligini Yupiter yoʻldoshlarining toʻsilishini kuzatishdan aniqladi. 1718-y. da E. Galley yulduzlarning xususiy harakatini topdi. 1725—28 y. larda J. Bradley yorugʻlik aberratsiyasini ochdi. 1755-y. da I. Kant «Tabiatning umumiy tarixi va osmon mexanikasi» nomli asarida birinchi boʻlib tabiat evolyutsiyasini tushuntiruvchi gʻoyani muhokamaga tashladi. 1761-y. da M. Lomonosov Venera atm. sini kashf qilib, sayyoralarda ham gaz qobigʻi boʻlishi mumkinligini isbotladi. 1796-y. da P. Laplas bu gʻoyani matematik usulda asoslab berdi. 1871-y. da V. Gershel kuzatish yoʻli bilan yangi sayyora — Uranni topdi. Bundan tashqa-ri, u Kuyosh sistemasining yulduzlara-ro harakatini kashf qildi. 1835—38 y. larda V. Ya. Struve va F. V. Bessel baʼzi yulduzlargacha boʻlgan masofalarni oʻlchadilar. 1801-y. da Italiyada D. Liassi birinchi asteroid — Sererani kashf kildi Bu bilan kichik sayyoralarni ochish shdqikotlari boshlab beriddi. 1846-y. da U. J. Leverye Uranning orbitadan che-kipishini oʻrganib, chekinish sababchisi — Neptunning vaziyatini hisoblab chiqdi. Shunga asosan I. G. Galle Berlinda Neptunii topdi. 1847-y. da V. Ya. Struve yulduzlararo muhitda yorugʻlikning yutilishini hisoblab, Astronomiya taraqqiyotiga hissa qoʻshdi. 19-a. ikkinchi yarmida fotografiya, fotometriya va spektral analizning koʻllanishi kosmik jismlarni oʻrganish imkonini yanada kengaytirdi. Turkistonda 17—19-a. lar oraligʻida ham Astronomiya bilan shugʻullanilgan. Bunda asosan joylarning geografik koordinatalarini aniqlash va xaritalar tuzish bilan mashgʻul boʻlingan. 1873-y. da Toshkentda astronomiya rasadxonasi tashkil etiladi va unga bir kancha teleskoplar oʻrnatiladi. Bu yerda dastlab Astronomiya bilan bir katorda meteorologiya, geofizika, geodeziya va seysmologiya sohalarida ham tadqiqotlar olib borildi, Turkiston hududida bir necha ming joylarning aniq koordinatalari aniqlandi. Chorjoʻy, keyinchalik Kitob sh. lari yaqinida xalqaro kenglik st-yasi tashkil etildi. 1966-y. da bu rasadxona zaminida Astronomiya inti tashkil kilinib, tadkikotlar koʻlami yanada kengaytirildi va zamonaviylashtirildi.

Amerikada ulkan teleskoplarning ixtiro qilinishi yulduzlararo muhitni chuqurroq oʻrganish imkonini berdi. Astronomiyada yangi olingan maʼlumotlar asosida bir kancha gipotezalar yaratildi. Arman olimi V. A. Ambarsumyan yulduzlar assotsiatsiyasi haqida gʻoyat muhim nazariyani yaratdi. Unga koʻra, yulduzlar oʻta zich obyektlardan otilib chiqib paydo boʻladi. 20-a. ning 30-y. larida Astronomiyaning radioastronomiya deb ataluvchi yangi tarmogʻi paydo boʻlib, dastlab yoritqichlardan keladigan radionurlarni oʻrganish yeki radiolokatsion tadqiq asosida kosmik jismlar haqida maʼlumot ola boshlandi. Radioastronomiya ayniqsa 2-jahon urushidan soʻng ixtiro qilingan oʻta sezgir radioasboblarni qoʻllanish bilan jadal rivojlandi. Astronomiya taraqqiyotining yangi boskichi Yer, Oy va ayrim sayyoralarning sunʼiy yoʻldoshlarini, shuningdek Venera, Mars, Yupiter, Saturn va uzoq kosmosga kosmik st-yalarni uchirish bilan bogʻliq. Avval astronomlar faqat kuzatish natijalaridangina foydalangan boʻlsalar, endilikda bevosita tajriba oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻldilar. Oyga va ayrim sayyoralarga tadqiqotchi st-yalar qoʻndirilib, ularning tabiatini yaqindan oʻrganish mumkin boʻldi.

Oʻzbekistonda Astronomiyaning eng ilgʻor sohalari boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan. Keyingi chorak asr davomida oʻzbekistonlik astronomlar astrometriya, astrofizika, xususan, Quyosh va nostatsionar yulduzlar fizikasi, yulduzlar va Galaktika astronomiyasi, Galaktikadan tashqi astronomiya sohalaridagi tadqiqotlari bilan muhim yutuqlarga erishdilar. Galaktikamizning 50 mingdan ortiq yulduzlari va ularning 20 ga yaqin toʻdalari xususiy harakatlarini kuzatuv yordamida oʻlchab-hisoblab topdilar, toʻdalar tuzilishi va aʼzolari aniqlandi. Bular asosida Galaktikamizning oʻlchamlarini, Quyoshning Galaktikadagi oʻrnini va uning yadrosiga nisbatan aylanish tezligini harakat yoʻnalishi — apeksini, shuningdek Galaktikaning qator kine-matik parametrlarini aniqladilar. Yer sunʼiy yoʻldoshlari uchirilgandan boshlab shu kunga qadar ularni va sayyoralarni kuzatish, tadqiq etishning barcha xalqaro dasturlarida (SOPROG, VEGA, Planeta, Statsionar, Fobos, GPS, PRARE va b. da) qatnashib, eʼtiborli ilmiy natijalarga erishiladi. 1960-y. dan boshlab Xalqaro astronomiya ittifoqi tavsiya etgan 20 ta asteroidning vaziyatlari va harakatlarini tekshirib, osmonda inersial sistemani tuzish kabi xalqaro muammoga toshkentlik va kitoblik astronomlar salmoqli hissa qoʻshdilar. 1985—86 y. larda Oʻzbekiston FA Astronomiya in-ti ToshDU astronomlari bilan hamkorlikda Galley kometasini kuzatish boʻyicha Xalqaro dasturda qatnashib, kuzatuv maʼlumotlari sifati va hajmi bilan birinchi oʻrinni egalladilar va bu bilan uchirilgan kosmik apparatning kometa atmosferasi ichidan oʻtishini taʼminladilar. Yutuqlardan yana biri Qashqadaryo viloyatining Maydanak togʻida rasadxona qurilishi boʻlib, u bugungi kunda xalqaro rasadxonaga aylanishi bilan bogʻliq. Maydanakda bajarilgan koʻp yillik kuzatish ishlari asosida yulduzlarning tugʻilish «oʻchoqlari» topildi, turli nostatsionar va oʻzgaruvchan yulduzlar, fuorlar, zich qoʻshaloq yulduzlar hamda Somon yoʻlining maxsus qismlari oʻrganilib, zarur fotometrik, spektral maʼlumotlar toʻplandi va tahlil qilindi. Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar AQSH, Rossiya, Ukraina, Fransiya, Germaniya, Litva va b. davlatlar astronomlari bilan hamkorlikda olib borilyapti. Quyosh fizikasi sohasida Quyosh dogʻlari va b. qator faol elementlari, turli chaqnashlar, rentgen va radiodiapazonlardagi faol jarayonlar chuqur tahlil qilingan. Hozir esa bu sohaning gelioseysmologiya yoʻnalishi jadal rivojlanmoqda. Xususan, Toshkent viloyatining Qumbel togʻida (Chimyon yaqinida) Toshkent astronomiya in-tining stansiyasi ochilib, unda Quyosh tebranishlari IRIS xalqaro dasturi doirasida kuzatilmoqda. In-tning Toshkent hududida bu tebranishlar TON xalqaro dasturi boʻyicha zaryad yigʻuvchi kuchli matritsa yordamida kuzatilib taxlil qilinmoqda. Natijada Quyoshning ichki tuzilishiga oid muhim maʼlumotlar olinmoqda.

Oʻzbekistonda keyingi chorak asrda Astronomiyaga doir nazariy tadqiqotlar ham yoʻlga qoʻyilgan. Ulardastlab 1971—81 y. larda Toshkent astronomiya in-tida olib borildi, keyingi yillarda esa ToshDUda davom ettiriddi. 1981-y. ga kelib ToshDU (hoz. OʻzMU)da Astronomiya mutaxassisligi ochilib, 1987-y. A. kafedrasi tashkil etiddi. Bu kafedra bugunga qadar 200 ga yaqin mutaxassis chiqardi. Nazariy tadqiqotlar, asosan, astrofizika, yulduz astronomiyasi va Galaktikadan tashqi astronomiya sohalarida olib boriddi. Xususan, Galaktikamiz tojidagi kurinmas massa miqdori va uning disk va sfera tashkil etuvchilari evolyutsiyasiga taʼsiri nochiziqli nostatsionar holda analitik oʻrganildi. Xalqasimon galaktikalar modeli tuzilib, ularni sinflarga ajratish usuli ishlab chiqildi. Yulduzlarning bir necha sharsimon toʻdalari va galaktikalarning 10 dan ortiq sferik toʻdalari uchun tezliklar anizotropiyasi parametri qiymatlari koʻrinma zichlik funksiyasi asosida aniqlandi. Koinotning eng «qari» obyektlaridan bir turi hisoblanuvchi elliptik galaktikalarning paydo boʻlishi muammosi birinchi bor nazariy modellarda tadqiq qilindi. Bu nazariya natijalari ancha keyin AQSH, Hindiston va Meksika nazariyotchilari tomonidan oʻta kuchli kompyuter yordamida tajriba oʻtkazish yoʻli bilan tasdiklandi. Hozir bunday nazariy ishlar Toshkent astronomiya in-tida ham olib borilib, yuqoridagi usul spiral galaktikalarga qoʻllanilmoqda va ularning pulsatsiya holati nochiziqli nostatsionar modellari tuzilmoqda.

Salohiddin Nuriddinov, Abdumajid Rahimov.

Prev Article

ASTRONOMIK PUNKT

Next Article

ASTROORIYENTATSIYA