ASTROPOLYARIMETRIYA (ostro… va yun. polaris — qutbga oid, metreo — oʻlchayman) — osmon yoritqichlari nurining qutblanish darajasini oʻlchab, ularning ayrim fizik xususiyatlarini oʻrganuvchi astrofizik usul. Yoritqich nurining qutblanish darajasi polyarimetr vositasida oʻlchanadi. Polyarimetrik oʻlchashlar vizual, fotografik va fotoelektrik usullar bilan bajariladi. Yoritqichdan kelayotgan nur astrofotometrta tushishidan oldin polyarizator orqali oʻtadi. Polyarizatorni oʻz oʻqi atrofida aylantirib, fotometrga tushayotgan noʻrning intensivligi oʻlchanadi. Hyp qutblanmagan boʻlsa, polyarizatorni aylantirganda uning intensivligi oʻzgarmaydi. Agar nur qutblangan boʻlsa, polyarizatorning maʼlum aylanish burchagida uning intensivligi eng kuchli (Imax) boʻladi. Yoritqich nurining qutblanish darajasi deb aytiladi.
Koʻpgina yulduzlar, Quyosh toji, sayyoralar, Oy sirti ayrim qismlarining nurlari qutblanganda Astropolyarimetriya ana shu qutblangan nurlarning paydo boʻlish sabablarini ham oʻrganadi. Mas, Quyosh tojining 50% igacha qutblangan nurlar va fotosfera nurining tojdagi tez elektronlarga sochilishi natijasida hosil boʻladi. Osmon yoritqichlarining fizik tabiatini oʻrganishda Astropolyarimetriya qoʻshimcha fizik maʼlumot beradi.