ATLANT

ATLANTbezak haykaltaroshligi asari; yunonlar tasavvurida osmon gumbazini koʻtarib turgan pahlavonning nomi. Atlant odatda, meʼmorlikda binoni biror joyini koʻtarib turuvchi ustun, yarimustun va tirgovich vazifasini oʻtaydi. Koʻpincha bino tashqarisidagi meʼmoriy elementlar (ravoq, darvoza, eshik, balkon, boloxona ustunlari) sifatida ishlanadi. Oʻzbekiston sanʼat muzeyida marmardan ishlangan Atlant haykali bor (1873, italyan haykaltaroshi T. Solari ishi).

Prev Article

ATIRQOVUN

Next Article

ATLANT