ATLAS TOGʻLARI — Afrikaning shim.-gʻarbidagi togʻlar, Marokash, Jazoir va Tunis hududida. Oʻrta dengizga parallel joylashgan bir qancha tizmalar va togʻ massivlaridan iborat, ularni platosimon baland tekisliklar (800—1200 m) bir-birlaridan ajratib turadi. Bal. 4165 m gacha (Jabal-Tubkal choʻqqisi), uz. 2000 km chamasida. Uchlamchi davr oxirida vujudga kelgan. Zilzilalar boʻlib turadi. Asosan ohaktosh, mergel, har xil gillardan tashkil topgan. Foydali qazilmalardan temir, qoʻrgʻoshin, pyx, kobalt, molibden rudalari, fosforit, tosh-tuz uchraydi. Subtropik mintaqada joylashgan, iqlimi sohilda oʻrta dengiz iqlimi, qolgan joylarda chala choʻlga xos iqlim. A. t. dan Dra va Shelif daryolari boshlanadi. Shimoliy r-nlar landshafti inson tomondan keskin oʻzgartirib yuborilgan. Shim. yon ba-gʻirlarida doim yashil oʻrmonlar bor.