ATMOSFERA OZONI

ATMOSFERA OZONI — atmosferada kislorodga Quyoshning ultrabinafsha nurlari taʼsiridan hosil boʻladigan gaz. Kislorodning uch atomi birikmasidan iborat. Ultrabinafsha nurlar taʼsirida ikki atomli kislorod molekulasi atomlarga bulinadi. Bu atomlar boʻlinmay qolgan kislorod molekulasiga qoʻshilib, uch atomli kislorod, yaʼni ozon hosil boʻladi. Atmosfera ozoni Kuyoshdan keluvchi, koʻpgina organizmlar uchun xavfli bulgan ultrabinafsha nurlarni yutadi. Atmosfera ozoni Yer sirtidan to 55 km balandlik-kacha bulgan xavo katlamida uchraydi. Asosiy qismi 20 km bilan 35 km orasidagi balandlikda joylashgan. Agar atmosferadagi barcha ozonlar bir katlamga keltirilganda edi, 1,5 — 4,5 mm qalinlikdagi qatlam hosil bulardi. Oʻzbekiston hududi ustidagi atmosferada ozonning kalinligi yil davomida urta xisobda 1,9 dan 2,7 mm oraligʻida oʻzgarib turadi. Atmosferada apr. oyida eng koʻp, okt. oyida eng kam ozon boʻladi.

Prev Article

ATMOSFERA YOGʻINLARI

Next Article

ATMOSFERA OPTIKASI