ATMOSFERADAGI KUCHLI OQIM

ATMOSFERADAGI KUCHLI OQIM — yuqori troposfera va stratosfera qatlamlarida deyarli doim gorizontal yoʻnalishda katta (30 m/s va undan yuqori) tezlik bilan harakatlanadigan havo oqimi. Koʻndalang kesimi 300 — 400 km2, qalinligi 6 — 10 km va uzunligi bir necha ming km boʻlishi mumkin, ayrim hollarda esa yer sharini oʻrab oladi. Atmosferadagi kuchli oqimda atmosfera kinetik energiyasining asosiy qismi toʻplangan. Atmosferadagi kuchli oqim oʻqida shamol tezligi 60 — 80 m/s, baʼzi hollarda 100 — 150 m/s va undan katta. Atmosferadagi kuchli oqimda tezlikning vertikal gradiyenta har km ga oʻrtacha 5 — 10 m/s boʻlib, gorizontal gradiyent undan taxm. 100-martacha kichik.