ATOM, ION VA MOLEKULALARNING QUTBLANUVCHANLIGI — tashqi elektr maydoni taʼsirida elektronlar buluti, atom yadrosi, molekula va ionlar markazlarining birbiriga nisbatan siljishi. Umumiy qugblanish atom qutblanish ra, elektron qugblanish re va oriyentatsiya qutblanishi ro yigʻindisiga teng: ra — atom yadrosining tashqi maydondagi manfiy qutb tomon siljishi, rz — elektronlar bulutining elektr maydonidagi musbat qutb tomon siljishi, ro — tugʻma dipolli molekulalarning maydon qutblari tomon mos tartibda joylashishi. Qutblanish natijasida qutblanmagan molekula qutblangan molekulaga aylanadi, tugʻma dipolli molekulalarning qutbliligi oshadi. Qutblanish natijasida vujudga kelgan dipol induksiya dipoli deyiladi. Induksiya dipoli momenti t taʼsir koʻrsatuvchi maydonning kuchlanganligi Ye ga mutanosib: t = aE, a — qutblanuvchanlik; har qaysi zarracha (molekula, atom)ning qutblanuvchanlik xossasini ifodalaydi. Anionlarda yadroning elektron qavatiga taʼsiri kuchsizroq, shu sababli anionlar tashqi elektr maydoni taʼsirida osonroq qutblanadi va ularning zaryadi hamda radiusi qancha katta boʻlsa, shuncha oson qutblanadi. Kationlarning qutblash xossasi ham bor, bu xossa kationning zaryadiga toʻgʻri, radiusiga teskari mutanosib.