ATOM VODOROD YORDAMIDA PAYVANDLASH — metallni vodorod muhitida payvandlash. Asosiy issiqlik manbai — ikkita volfram elektrod orasida hosil boʻladigan elektr yey. Yoyning yuksak (3500° gacha) t-rasi taʼsirida molekulyar holatdagi vodorod atomlarga dissotsiyalanadi (ajraladi) (N2 – > 2N) va maʼlum miqdorda issiqlik yutadi. Vodorod metall sir-tiga tekkanda atomlar yana molekulyar holga oʻtib, yutgan issiqligini ajratadi va metallni yanada koʻproq qizdiradi. Dissotsiyalangan vodorod metallni himoya qiladi. Shu yoʻsinda payvandlangan metallarda (mis va uning qotishmalaridan tashqari) mustahkam va zich choklar hosil boʻladi.