ATTASHE

ATTASHE (frans. — aynan, birkitilgan) — 1) 1-diplomatik martaba. Attashe martabasi deyarli barcha davlatlar qonun hujjatlariga binoan tashqi ishlar vaziri buyrugʻi bilan diplomatik vakolatxonalar va idoralarning 2 — 3 yillik ish taj-ribasi boʻlgan xodimlariga beriladi;

2) harbiy, harbiy-dengiz, harbiy-havo Attashe lari — oʻz mamlakati tegishli koʻshinlar turlarining Attashe xizmat kilib turgan boshqa bir davlat qurolli kuchlari hududidagi diplomatik vakolatxonasining lavozimdor shaxslari, ular diplomatik vakilga barcha harbiy masalalar boʻyicha yordam koʻrsatishadi. Mavqeiga koʻra, harbiy Attashelar diplomatga tenglashtirilib, diplomatik korpus tarkibiga kiritiladi va diplomatik imtiyozlar va daxleizlik huquqiga ega boʻladi;

3) savdo, moliya, q. x., fan va texnika, baliqchilik, shuningdek madaniyat hamda matbuot boʻyicha Attashe — diplomatik vakolatxonaning mazkur sohalarga oid masalalar bilan shugʻullanuvchi xodimlari, diplomatik imtiyozlar va daxlsizlik hukuqiga, matbuot boʻyicha Attashe esa diplomat martabasiga ega.

Prev Article

ATROPATENA

Next Article

ATTESTAT