AUTOINTOKSIKATSIYA

AUTOINTOKSIKATSIYA (auto…, lot in — ichga va yun. toxicon — zahar) — normal hayot faoliyatida, shuningdek organizmning oʻzida ishlab chiqariladigan zaharli moddalar bilan oʻz-oʻzini zaharlashi. Autointoksikatsiyaga asosan moddalar almashinuvi jarayonida yoki toʻqimalar yemirilishida vujudga kelgan zaharli moddalar sabab boʻladi. Ichakda hosil boʻlgan zaharli moddalarning qonga shimilishi oqibatida ichak A. si kelib chiqadi.

Prev Article

AUTOGEMOTERAPIYA

Next Article

AUTOINFEKSIYA