AVELYANEDA

AVELYANEDA — Argentinadagi shahar. Katta Buenos-Ayres tarkibiga kiradi. Aholisi 347 ming kishi (1991). T. y. tuguni, La-Plata qoʻltigʻidagi port, mamlakatning eng yirik sanoat markazi. Asosan chorvachilik mahsulotlari (goʻsht, jun, teri) va neftni qayta ishlaydigan, metallurgiya, toʻqimachilik, koʻn poyabzal sanoati korxonalari bor. Kema remont qilinadi.

Prev Article

AVEZOVA

Next Article

AVENARIUS